Top-stilist master-klassi uchun 25% chegirma

Biroq sizni hozircha bu kasb qoniqtirmayapti: mijozlar kam, bori ham injiq, ayrimlari esa juda katta chegirma qilib berishingizni so’rashmoqda…
Raqobatdan cho’chimaydigan, professional darajaga ko’tarilish…
Va o’z xizmatingizga yuqori narx belgilash uchun qanday bilim va ko’nikmalarni o’rganish kerak?
Barcha tavsiya qiladigan stilistga aylanish uchun-chi?
Katta tajribaga ega, professional stilist arzon turishi mumkin emas, chunki u eng qimmat material va asboblardan foydalanadi, o’z darajasini oshirish uchun trening hamda master-klasslarda doimiy ishtirok etadi.
Uni tanlagan mijoz ham katta ish tajribasi va ma’lumotga ega stilistga o’z obrazini bemalol ishonib topshira oladi.
To'y va bazm soch turmaklari stilisti kasbi tobora dolzarblashib bormoqda, chunki qizlar orasida kundan-kunga bu kasbga qiziqish ortmoqda.
Men to’y va bazm soch turmaklari bo’yicha professional stilistman.
Bolaligimda doim kelinlarga hayrat bilan qarardim.
Ularning soch turmagi qanday yaratilganiga qiziqib, o'zim ham shunday go'zallik yaratuvchisiga aylanishni orzu qilganman.
20 yoshimda men go’zallik saloniga
ishga kirdim va Dilafro’z ismli ayolga shogird tushdim.
Bu ayol menga to’y stilisti kasbi bo’yicha birinchi saboqlarimni o’rganishimga yordam berdi.
O’shandan buyon men to’y va bazm soch turmaklari stilisti darajasiga chiqish uchun juda ulkan yo’lni bosib o’tdim.
20 yildan buyon men Toshkentda yashab, go’zallik yaratish borasida yuksak natijalarga erishdim.
Men shunchaki to’y va bazm soch turmaklari yaratish bilan cheklanmayman.
Mukammallik chegara bilmasligini anglagan holda yangi trendlarni o’rganish, mashhur stilistlar master-klasslarini sotib olish, ularni o’z professional rivojim yo’lida foydalanaman.
Tajribam ortida:
Georgiy Kot xalqaro akademiyasi
«Dolores» sartaroshlik sanʼati Akademiyasi
Tonya Pushkareva studiyasi
19 yildan ortiq professional tajriba
200dan ortiq shogirdlar

Bugun men sizga "Ikkita yangi to'y soch turmagini yaratish bo'yicha mualliflik master-klass"imni taqdim etmoqchiman.
Ushbu soch turmaklari allaqachon mashhurlikka erishgan va sizdan ham so’rashgani aniq.
2 ta zamonaviy to’y-bazm soch turmagi yaratish
Tashqi ko’rinish va yuzga moslab soch turmagi tanlash
Sochlarni turiga qarab turmakka tayyorlash
Uskunalardan oqilona foydalanish
Soch turmagi uchun turmaklash vositalarini to’g’ri tanlash
Ijtimoiy tarmoqlardagi professional sahifalarni to’g’ri yuritish
Portfolioni boyitish usullari

Men 7 yildan buyon soch turmaklari bo’yicha ishlab kelaman. Anchadan buyon biror master-klassda ishtirok etishim kerakligini o’ylab yurardim. Shu orada Madina haqida eshitib qoldim. Uning master-klasssi menga juda yoqdi, men juda ko’p yangi narsalar, turmaklash sirlarini o’rgandim. Bir hafta ichida o’rgangan soch turmaklarimni kelinlarga qo’llay boshladim, ularga juda ma’qul tushdi. Madinaga katta rahmat, mijozlarim soni ancha oshdi.
Men juda ko’p master-klasslarda bo’lganman, biroq Madinadan men boshqa hech qaysi master-klasslarda topmagan kasb sirlarini o’rgandim. Nima ham derdim, bu yangi bosqich. O’rganganlarimni o’z ishimda qo’llay boshlagach, hatto eng injiq mijozlarim ham xursand bo’lib ketishni boshlashdi. Bu master-klassni barchaga tavsiya qilaman.
Men to’y va vecherniy soch turmaklarni endi o’rganvomman. Aynan Madina opamning kaster-klasslarimda ishrirok etganim - mani baxtim. Men ikkita to'y soch turmagini o'rganib, ularga allaqachon buyurtmalar ola boshladim, bu juda zo'r bo’ldi! Men ko’p narsa o’rganganman, biroq bu yerda boshqa hech qayerda ko’rmagan soch turmaklarni o’rgandim. Qizla, Madina Bozorova bilan master-klassga shoshiling!
Bu master-klass sizga to’g’ri kelmaydi, agar:
Siz hech qachon soch turmaklab ko’rmagan bo’lsangiz
Sizda soha bo’yicha elementar baza bo’lmasa
Professional master sifatida o’sishga harakat qilmasangiz
Eskicha qolipda ishlashga o’rganib qolgan bo’lsangiz
Hozirgi daromadingiz sizni qoniqtirayotgan bo’lsa

Davomiyligi:
Amaliyot bilan 09:00 – 18:00 / amaliyotsiz – 13:00gacha
O’qitish rus va o’zbek tillarida olib boriladi
Kofe-breyk
Siz yana nimalarga ega bo’lasiz:
Sovg’aga professional nachyos taroq
Original maslahat va tavsiyalar jamlangan qo’llanma
Master-klassdagi eng qiyin savollarga javoblar
Siz insonlarga go’zallik va baxt ulashuvchi ijod kishisisiz. Ovozasi to’ydan-to’yga, og’izdan-og’izga o’tib yuruvchi beqiyos soch turmaklari egasisiz…
Siz ishingizning nozik tomonlari, soch turmagi tendensiyalari, har bir kelinning orzulari haqida barcha narsani bilasiz... Professional orzuingiz – turli master-klass va fotosessiyalarni tashkillashtiradigan, mijoz va do’stlar uchun doim eshiklari ochiq o’z shinam studiyangizni ochish…
Omadli master sifatida o’zingizga eng qimmat sovg’alarni ravo ko’rish, sayohatga qayerga va qaysi yo’nalishda borish kerakligini o’zingiz hal qilish…
Agar siz eskicha uslubda ishlab, o’z toifangizni oshirmasangiz, yangi, bundan ham kattaroq darajaga hech qachon chiqa olmaysiz.
Chunki soch turmaklari ustalari borgan sari ko’payib bormoqda, biroq muvaffaqiyatga mehnatdan qochmay, o’z malakasini oshirib yurganlargina erishadilar.


Amaliyotsiz – 1375 000 сум / chegirmada – 1 10 000 сo’м
This site is not a part of the Facebook website or Facebook Inc. Additionally, This site is NOT endorsed by Facebook in any way. FACEBOOK is a trademark of FACEBOOK, Inc.