Top-stilist master-klassi uchun 25% chegirma

Madina Bozorovadan 2 ta zamonaviy to’y soch turmagi

Iltimos, o’rinni band qilish uchun quyidagi shaklni to'ldiring

Barcha ma'lumotlar muhofazalangan

Aksiya amal qiladi:

Siz to’y soch turmaklari stilisti bo’lishni tanladingizmi?

Biroq sizni hozircha bu kasb qoniqtirmayapti: mijozlar kam, bori ham injiq, ayrimlari esa juda katta chegirma qilib berishingizni so’rashmoqda…

Balki Siz allaqachon master-klasslarda ishtirok etib ko’rgansiz-u, kar’erangizda sezilarli o’zgarish sezilmagandir.

Raqobatdan cho’chimaydigan, professional darajaga ko’tarilish…

Va o’z xizmatingizga yuqori narx belgilash uchun qanday bilim va ko’nikmalarni o’rganish kerak?

Barcha tavsiya qiladigan stilistga aylanish uchun-chi?


Katta tajribaga ega, professional stilist arzon turishi mumkin emas, chunki u eng qimmat material va asboblardan foydalanadi, o’z darajasini oshirish uchun trening hamda master-klasslarda doimiy ishtirok etadi.

Uni tanlagan mijoz ham katta ish tajribasi va ma’lumotga ega stilistga o’z obrazini bemalol ishonib topshira oladi.

To'y va bazm soch turmaklari stilisti kasbi tobora dolzarblashib bormoqda, chunki qizlar orasida kundan-kunga bu kasbga qiziqish ortmoqda.

Keling, tanishamiz!

Mening ismim, Madina Bozorova.

Men to’y va bazm soch turmaklari bo’yicha professional stilistman.

Bolaligimda doim kelinlarga hayrat bilan qarardim.

Ularning soch turmagi qanday yaratilganiga qiziqib, o'zim ham shunday go'zallik yaratuvchisiga aylanishni orzu qilganman.

20 yoshimda men go’zallik saloniga
ishga kirdim va Dilafro’z ismli ayolga shogird tushdim.

Bu ayol menga to’y stilisti kasbi bo’yicha birinchi saboqlarimni o’rganishimga yordam berdi.

O’shandan buyon men to’y va bazm soch turmaklari stilisti darajasiga chiqish uchun juda ulkan yo’lni bosib o’tdim.

20 yildan buyon men Toshkentda yashab, go’zallik yaratish borasida yuksak natijalarga erishdim.

Men shunchaki to’y va bazm soch turmaklari yaratish bilan cheklanmayman.

Mukammallik chegara bilmasligini anglagan holda yangi trendlarni o’rganish, mashhur stilistlar master-klasslarini sotib olish, ularni o’z professional rivojim yo’lida foydalanaman.

Tajribam ortida:

  • Georgiy Kot xalqaro akademiyasi

  • «Dolores» sartaroshlik sanʼati Akademiyasi

  • Tonya Pushkareva studiyasi

  • 19 yildan ortiq professional tajriba

  • 200dan ortiq shogirdlar

Bugun men sizga "Ikkita yangi to'y soch turmagini yaratish bo'yicha mualliflik master-klass"imni taqdim etmoqchiman.

Ushbu soch turmaklari allaqachon mashhurlikka erishgan va sizdan ham so’rashgani aniq.

Siz nimaga ega bo’lasiz:

  • 2 ta zamonaviy to’y-bazm soch turmagi yaratish

  • Tashqi ko’rinish va yuzga moslab soch turmagi tanlash

  • Sochlarni turiga qarab turmakka tayyorlash

  • Uskunalardan oqilona foydalanish

  • Soch turmagi uchun turmaklash vositalarini to’g’ri tanlash

  • Ijtimoiy tarmoqlardagi professional sahifalarni to’g’ri yuritish

  • Portfolioni boyitish usullari

Biz haqimizda:

Nasiba, 28 yosh


Men 7 yildan buyon soch turmaklari bo’yicha ishlab kelaman. Anchadan buyon biror master-klassda ishtirok etishim kerakligini o’ylab yurardim. Shu orada Madina haqida eshitib qoldim. Uning master-klasssi menga juda yoqdi, men juda ko’p yangi narsalar, turmaklash sirlarini o’rgandim. Bir hafta ichida o’rgangan soch turmaklarimni kelinlarga qo’llay boshladim, ularga juda ma’qul tushdi. Madinaga katta rahmat, mijozlarim soni ancha oshdi.

Yelena, 34 yosh


Men juda ko’p master-klasslarda bo’lganman, biroq Madinadan men boshqa hech qaysi master-klasslarda topmagan kasb sirlarini o’rgandim. Nima ham derdim, bu yangi bosqich. O’rganganlarimni o’z ishimda qo’llay boshlagach, hatto eng injiq mijozlarim ham xursand bo’lib ketishni boshlashdi. Bu master-klassni barchaga tavsiya qilaman.

Parizoda, 22 yosh


Men to’y va vecherniy soch turmaklarni endi o’rganvomman. Aynan Madina opamning kaster-klasslarimda ishrirok etganim - mani baxtim. Men ikkita to'y soch turmagini o'rganib, ularga allaqachon buyurtmalar ola boshladim, bu juda zo'r bo’ldi! Men ko’p narsa o’rganganman, biroq bu yerda boshqa hech qayerda ko’rmagan soch turmaklarni o’rgandim. Qizla, Madina Bozorova bilan master-klassga shoshiling!

Bu master-klass sizga to’g’ri kelmaydi, agar:

  • Siz hech qachon soch turmaklab ko’rmagan bo’lsangiz

  • Sizda soha bo’yicha elementar baza bo’lmasa

  • Professional master sifatida o’sishga harakat qilmasangiz

  • Eskicha qolipda ishlashga o’rganib qolgan bo’lsangiz

  • Hozirgi daromadingiz sizni qoniqtirayotgan bo’lsa

Master-klass kun tartibi:

Davomiyligi:

  • Amaliyot bilan 09:00 – 18:00 / amaliyotsiz – 13:00gacha

  • O’qitish rus va o’zbek tillarida olib boriladi

  • Kofe-breyk

Siz yana nimalarga ega bo’lasiz:

  • Sovg’aga professional nachyos taroq

  • Original maslahat va tavsiyalar jamlangan qo’llanma

  • Master-klassdagi eng qiyin savollarga javoblar

Shunchaki tasavvur qiling…

Siz insonlarga go’zallik va baxt ulashuvchi ijod kishisisiz. Ovozasi to’ydan-to’yga, og’izdan-og’izga o’tib yuruvchi beqiyos soch turmaklari egasisiz…

Siz ishingizning nozik tomonlari, soch turmagi tendensiyalari, har bir kelinning orzulari haqida barcha narsani bilasiz... Professional orzuingiz – turli master-klass va fotosessiyalarni tashkillashtiradigan, mijoz va do’stlar uchun doim eshiklari ochiq o’z shinam studiyangizni ochish…

Omadli master sifatida o’zingizga eng qimmat sovg’alarni ravo ko’rish, sayohatga qayerga va qaysi yo’nalishda borish kerakligini o’zingiz hal qilish…

Agar siz eskicha uslubda ishlab, o’z toifangizni oshirmasangiz, yangi, bundan ham kattaroq darajaga hech qachon chiqa olmaysiz.

Chunki soch turmaklari ustalari borgan sari ko’payib bormoqda, biroq muvaffaqiyatga mehnatdan qochmay, o’z malakasini oshirib yurganlargina erishadilar.

Ehtimol sizning master-klassni o'zlashtira olishingizga shubhangiz bordir. aslo shubhalanmang, men sizga kerakli ko'nikmalarni egallash va barcha savollaringizga javob berishga harakat qilaman.

Menga ishoning, agar siz o'z mahoratingizni qunt bilan oshirsangiz, ijodiy va moliyaviy muvaffaqiyatga, albatta, erishasiz!

Mening master-klassim o’z professionalism, tajriba, ijodiy yondashuv va butunlay yangi bosqichga chiqishingizga yordam beradi.

Master-klass narxi:

Amaliyot bilan – 2 200 000 so’m / chegirmada – 1 650 000 so’m

Amaliyotsiz ­– 1375 000 сум / chegirmada – 1 10 000 сo’м

Shoshiling, joylar soni chegaralangan!


Orzular ushaladi, ayniqsa, pinhon tutilganlari!
Go’zallik va baxt keltiradigan kasbning eng yaxshi mutaxassisiga aylaning!
O'zingizga ishonib, tajribali insonlardan o'rganing, shunda barcha orzularingiz, albatta, amalga oshadi!


Chegirma faqat oy oxirigacha amal qiladi!

© 2022 Beauty Sphere | All Rights Reserved.

This site is not a part of the Facebook website or Facebook Inc. Additionally, This site is NOT endorsed by Facebook in any way. FACEBOOK is a trademark of FACEBOOK, Inc.